

Marca xabariga ko'ra, darvozabonning La Liganing 20-turida "Malorka"ga qarshi o'yin (0:1) oldidan chap oyog'idan olgan jarohati unchalik jiddiy bo'lib chiqmadi.
Belgiyalik futbolchining ahvoli yaqin kunlarda yaxshilansa, uning klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida ishtirok etishi ham istisno bo'lmaydi (agarda "Real Madrid" yarim finalda "Al Ahli"ni mag'lub etadigan bo'lsa). Madridliklar finalga yo'l olgan taqdirda "Flamengo" - "Al-Hilol" juftligi g'olibi bilan 11 fevral kuni maydonga tushadi.
Joriy mavsumda 30 yoshli darvozabon Ispaniya chempionatida 15 ta o'yin o'tkazib, darvozasidan 14 ta to'p o'tkazib yubordi.



