Kundeda "Chelsi" bilan kelishuv bor

Alisher
18 may 2022, 16:55
"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde Londonning "Chelsi" klubi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Endilikda Tomas Tuxel jamoasi Andalusiya klubi bilan francuzning tovon puli borasida kelishishi kerak.

Qayd etish kerakki, Kunde "Chelsi" bilan o'tgan yozning oxiridayoq kelishuvga erishgandi. Londonliklar francuzni o'shanda sotib olishlari mumkin edi, ammo "Sevilya" yakunda futbolchini 80 mln evrodan kamiga qo'yib yuborishga rozi bo'lmagan.

"Sevilya" yozda Fransiya terma jamoasi himoyachisi uchun 60 mln evro atrofida talab qiladi. "Chelsi" xo'jayinlari ushbu summani to'lashga tayyor, sababi futbolchi bosh murabbiy Tomas Tuxelga juda ham yoqadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: euro-football.ru