Kunde APL jamoasiga o'tadi

Mirjalol Normatov
25 dek 2021, 00:30
"Sevilya" markaziy himoyachisi Jyul Kunde kelajagi borasida bir qarorga kelgan ko'rinadi.

Oldinroq futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi. "Goal" xabariga ko'ra, fransiyalik fullbek London klubini tanlagan. U "Chelsi" bilan shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Ammo transferning amalga oshishi extimoli yuqori baholanmayapti. "Chelsi" futbolchi uchun "Sevilya" so'rayotgan 50 million evroni pasaytirish niyatida.

Avvalroq "Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger qishda jamoasini tark etishi aytilayotgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal