Kun tarixi: Marko Asensio haqida qisqacha

21 yanv 2019, 16:34
Bugun Marko Asensio 23 yoshga to'ldi.

Marko 1996 yil 21 yanvar kuni Ispaniyaning Palma shaharchasida tavallud topgan. Faoliyatini "Malyorka"da boshlagan ispaniyalik vinger "Real" bilan 2014 yilda shartnoma imzolaydi.

Asensio "Real" tarixida o'zining turli hil 5ta musobaqadagi debyut uchrashuvida gol urgan birinchi futbolchi sanaladi.

Marko quyidagi o'yinlarda raqib darvozabonlarini ranjita olgan:

Yevropa Superkubogi "Sevilya"ga qarshi (2016 yil 9 avgust)
LaLiga "Real Sosedad"ga qarshi (2016 yil 21 avgust)
UEFA Chempionlar ligasi "Legiya"ga qarshi (2016 yil 18 oktyabr)
Kopa Del Rey "Kultural"ga qarshi (2016 yil 26 oktyabr)
Ispaniya Superkubogi "Barselona"ga qarshi (2017 yil 13 avgust)


O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/brfootball