Kuman va Laporta "Barsa"ning "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyatidan so'ng gaplashishdi. Uchrashuv keskin o'tdi

Alisher
15 sen 2021, 14:43
"Barselona" prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Ronald Kuman bilan Chempionlar Ligasida "Bavariya" (0:3)dan uchralgan mag'lubiyatni tahlil qilishdi.

Prezident, murabbiy va qator Kataloniya klubi rahbariyatining uchrashuvi deyarli o'yindan so'ng tashkil etildi.

Manbaning qayd etishicha, u keskin ruhda o'tdi.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" o'yin davomida biror marta raqib darvozasi tomon aniq zarba bermasdan, "Bavariya"ga uchinchi bor ketma-ket mag'lub bo'ldi.






O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/elchiringuitotv