Kuman: "Messisiz qolgan "Barselona"ga qarshi raqiblar yaxshi o'ynamoqda"

Mirjalol Normatov
22 avg 2021, 12:17
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman Primero doriasida "Atletik" bilan o'yindan keyin Leo Messining jamoadagi roli qanday bo'lganini aytib o'tdi.

"Atletik"ning golidan keyingi reakciyamiz juda muhim holat bo'ldi. Durangni to'g'ri qabul qilamiz. "Atletik"ka qarshi o'ynash oson emas.

Messisiz qolgan "Barselona"ga qarshi raqiblar yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. U dunyoning eng yaxshisi. Uning yo'qligini bildirmaslik juda qiyin", - dedi Kuman.

"Barselona"ga durangni Memfis Depayning debyut goli olib keldi. Navbatdagi bahsda kataloniyaliklar "Xetafe"ni sinovdan o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal