Kulibali MYUga o'tishga rozilik berdi

9 yanv 2019, 09:50
“Napoli” himoyachisi MYUga o'tishi kutilmoqda.

MYU Kalidu Kulibalini qishdayoq sotib olmoqchi edi. Ammo futbolchining o'zi qishda emas, balki yozgi transferlar vaqtida MYUga o'tishga rozilik bergan. Senegallik himoyachining “Napoli” bilan shartnomasi 2023 yil 30 iyunida yakunlanadi.

Joriy mavsum Kulibali “Napoli” safida 24 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Unga shuningdek, “Barselona” ham da'vogarlik qilmoqda. Kataloniyaliklar futbolchi uchun 120 mln evro taklif qilishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN