"Kuchli-beshlik"dagi ikkita yaqqol autsayder

Tolibjon Qosimov
30 noya 2017, 19:36
"Kuchli-beshlik" chempionatlarida hozirga qadar ikkita jamoa g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda.

Biri Bundesliga turnir jadvalining oxirgi o'rnidagi "Kyoln" jamoasi bo'lsa, ikkinchisi A Seriya mehmoni "Benevento".

"Kyoln" o'tkazilgan 13 o'yindan atiga ikkitasida durang qayd etgan. Qolgan barcha o'yinlarda raqiblariga mag'lub bo'layotgan "echkilar" rahbariyati Peter Shtogerni iste'foga chiqarishga shoshilmayapti.


A Seriya debyutanti "Benevento" esa o'tkazilgan 14-turdan keyin birorta ochko ham jamg'ara olmagan. Debyutant yo'lidan chiqqan barchaga 3 ochkoni "sovg'a" qilishda davom etmoqda.
Klub rahbariyati 9-turdan keyin jamoaning o'sha paytdagi bosh murabbiyi Marko Baronini iste'foga chiqargandi. Uning o'rniga kelgan Roberto De Zerbi ham hozircha faqat mag'lubiyatga uchramoqda. Agarda vaziyat o'zgarmaydigan bo'lsa, unda "Benevento" klubi rahbariyati jamoaga ikkinchi davrada yangi bosh murabbiy izlashlari kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia