Kroos ikki haftani o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 sen 2020
Toni Kroos sonining orqa qismini shikastlab olgani tufayli 10-14 kun maydonga tushmaydi.

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Toni Kroos La Liganing 3-turida "Betis"ga qarshi o'yin(3:2)da jarohat oldi.

Tibbiy tekshiruvda futbolchining chap sonining orqa qismi shikastlanganligi aniqlandi. Taxminlarga ko'ra, yarim himoyachi 10-14 kunni o'tkazib yuboradi.

Shuningdek, u Germaniya terma jamoasi safida Millatlar Ligasi o'yinlarida ham maydonga tusha olmaydi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca