Kroos: "Bizda sovrin yutish uchun bir imkoniyat qoldi"

Aslanov Jasurbek
25 apr 2018, 16:12
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Bavariya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvlari haqida fikr bildirdi.

"Ikkala jamoadan ham katta natijalar kutiladi. Chempionlar ligasida ishtirok etish - biz uchun o'zgacha motivaciya. Bu turnirda kim g'olib bo'lmasin, u o'zini Yevropaning eng yaxshi jamoasi atay oladi. "Bavariya" buni bizdan kam xohlamayapti.

Biz finalga chiqishni istaymiz. Bu joriy mavsumda sovrin yutish uchun bizning so'nggi imkoniyatimiz. Juda qiyin bo'ladi, ammo bu bosqichgacha PSJ va "Yuventus"ni mag'lub etishga erishdik" - deydi Kroos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA