Kroyf: "Ronaldu yoki Ibragimovichning JCH-2014 da qatnashmasligi bu juda katta yo'qotish"

Omonjon To`xtamirzayev
15 noya 2013, 18:48
Gollandiya futbolining tirik afsonalaridan biri Yoxan Kroyf JCHda Krishtianu Ronaldu – Zlatan Ibragimovich juftligidan qaysi birini ko'proq ko'rishni hohlashi xaqida aytib o'tdi.

"Ronaldu yoki Zlatanning Braziliyadagi mundialda qatnashmasligi bu katta yo'qotish. Ularning biri jahon chempionati uchrashuvlarini televizor orqali ko'rishga majbur bo'lishi achinarli. Bu juftlikdan qaysi futbolchi JCHga borishini tanlash juda qiyin, lekin men tanlashim shart bo'lsa, unda men Krishtianuni tanlardim. Balki bu qisman bo'lsada men Ispaniyada yashashim va siyosiy jihatlar bilan bog'liqdir. Bu ikki futbolchi o'zgacha o'yin uslubiga egadirlar. O'tmishda men ularning ikkisini ham tanqid qilganman, chunki ular o'rnak qilib ko'rsatiladigan futbolchilar sirasiga kiradilar va o'zlarini shunga yarasha tutishlari zarur. Ularni bolakaylar juda ham yaxshi ko'radilar".

"Agar siz Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibragimovichning so'nggi haftalardagi o'yinlari va gollarini ko'rgan bo'lsangiz, bu JCH uchun ulkan yo'qotish ekanligini chunasiz".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru