Kristian Eriksen APLga qaytishga yaqin turibdi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2022, 10:29
"Tottenxem"ning sobiq futbolchisi Kristian Eriksen APLga qaytishga yaqin.

29 yoshli daniyalik futbolchi Evro-2020da yuragi bilan bo'lgan voqelikdan keyin faoliyatini to'xtatib turibdi. Xabarlarga ko'ra, bugun u APL klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Eriksenning oldida Yevropaning boshqa davlatlaridan ham takliflar bor. Ammo u Angliyaga qaytishni istamoqda.

Dekabr oyida Eriksen "Inter" bilan shartnomasini bekor qildi. Ayni damda u erkin agent maqomida bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times