Krishtianu Ronalduga "Oltin butsa" topshirildi

Aslanov Jasurbek
13 avg 2023, 00:12
Krishtianu Ronaldu arab klublari Chempionlar ligasi final o'yinining eng yaxshi futbolchisi deb topilmadi.

Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi finalda "Al Hilol"ni mag'lubiyatga (2:1) uchratdi. Portugaliyalik ushbu bahsda dubl qayd etdi.

Shunga qarmay, Ronalduga finalning eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirilmadi. Sovrin "Al Hilol" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savichga nasib etdi.

Ronaldu 6ta gol bilan turnir to'purariga aylandi va unga "Oltin butsa" taqdim etildi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TVI