Krishtianu Ronaldu yaqin kunlarda yangi shartnoma imzolaydi

Khoja
23 iyun 2025, 10:40
“Al Nassr“ sardori Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya jamoasida davom ettiradi.

Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, yaqin kunlarda tomonlar yangi shartnomaga qo'l qo'yishadi. Futbolchining shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar uzaytiriladi.

Krishtianu Ronaldu “Al Nassr“da qolish uchun bir nechta jamoalarning taklifini qabul qilmagan.

Eslatib o'tamiz, Portugaliyalikning amaldagi shartnomasi iyun oyining oxirida yakunlanishi kerak edi. Ronaldu “Al Nassr“ safida 2023 yilning qishidan beri harakat qilib kelmoqda. U yakunlangan mavsumda 35 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com