Krishtianu Ronaldu Realda gol urish borasida kuchli beshlikka kirdi

Narzulla Saydullayev
31 okt 2013, 09:06
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 11-turida Sevilyaga qarshi o'yinda (7:3) xet-trikka erishdi.
Futbolchining Ispaniya chempionatlaridagi gollari soni 158taga etdi. Shu tariqa, 28 yoshli futbolchi galaktikos safida gol urish borasida kuchli beshlikka kirdi. Kecha Ronaldu afsonaviy Ferenc Pushkashni (156ta gol) ortda qoldirdi.

Krishtianu Ronaldu 146ta o'yinda 158ta gol urdi.

Top-5 quyidagi ko'rinishda: Raul – 228 gol, Alfredo Di Stefano – 216, Santilyana – 186, Ugo Sanches – 164, Krishtianu Ronaldu – 158.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru