Krishtianu Ronaldu: O'z harakatim uchun uzr so'rayman

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2015, 09:30
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionati doirasidagi Kordobaga qarshi o'yinda (2:1) qizil kartochka olgani uchun uzr so'radi.
Barchadan, ayniqsa Edimardan uzr so'rayman. Bugun o'ylamasdan turib noto'g'ri harakat qildim, - deb yozadi Krishtianu Ronaldu o'z tvitterida.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi 82-daqiqada Edimarga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru