Krishtianu Ronaldu o'z faoliyatidagi eng og'ir kunni aytdi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2021
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi eng og'ir palla qaysi bo'lgani haqida gapirdi.

"O'shanda "Sporting" klubiga o'tgan va Lissabonga ketayotgan kunim edi. Oilam bilan hayrlashdim. Ularning barchasi quyoshdan himoyalovchi ko'zoynaklarda edi, ammo ularning ko'zidan yosh chiqayotgani sezilardi. Men ularning ko'z o'ngida samolet bortiga chiqib o'tirdim. Bu faoliyatimdagi eng og'ir kun edi. Men rosa yig'lagandim. Oilam esa Madeyrada qolgandi", -dedi Krishtianu Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsumda A Seriyada 29 ta gol urgan holda, liga to'purari bo'lgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BeSoccer