Krishtianu Ronaldu: YCHLni ketma-ket ikki mavsum yutgan birinchi klub bo'lmoqchimiz

Narzulla Saydullayev
3 iyun 2017, 07:58
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yuventusga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

- YCHL finalida o'ynash doim menga xursandchilik bag'ishlaydi. Bunga qadar to'rt marta finalda o'ynagaman, bu beshinchi finalim bo'ladi. Bizga qarshi buyuk klub qarshilik qiladi. Qiyin o'yin bo'ladi, ammo biz Realmiz, shu bois g'alabaga yaqinmiz.

Bu ajoyib jamoa. Yuventus o'z o'zidan finalga chiqqani yo'q. Bu juda jiddiy raqib. Finallarda imkoniyatlar 50-50 bo'ladi.

Real futbolchilari ketma-ket ikkinchi yil bu sovrinni yutishni istashadi. Tarixga kirishni istaymiz. Agar g'olib bo'lsak YCHL g'olibligini himoya qilgan ilk jamoa bo'lamiz. Bu maqsadimiz, vazifamiz va orzuimiz, - deydi Ronaldu.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: uefa.com