Krishtianu Ronaldu diskvalifikaciya qilinishi mumkin. Nega? (FOTO)

Aslanov Jasurbek
30 okt 2017, 00:15
Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu diskvalifikaciya qilinishi mumkin.

"Jirona"ga qarshi kechgan LaLiganing 10-tur uchrashuvida (1:2) portugaliyalik "Jirona" yarim himoyachisi Pere Ponsuning yuziga zarba berib yubordi, natijada Kataloniya klubi futbolchisi maydonga yiqildi. Aynan shu vaziyat tufayli forvard jazolanishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, "Barselona"ga qarshi Ispaniya Superkubogi bahsida hakamni turtgan Ronaldu 5ta uchrashuvga chetlatilgan edi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun