

Jahon chempionati birinchi turida Portugaliya Gana bilan o'ynamoqda (2:1). Penalti orqali hisobni ochgan Krishtianu Ronaldu beshta Jahon chempionatida gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Ronaldu 2006, 2010, 2014, 2018 va 2022 yillardagi mundiallarda gol kiritgan.
Bunga qadar faqatgina to'rt o'yinchi to'rtta Jahon chempionatida gol urgandi: Pele, Uze Zeeler, Miroslav Kloze va Lionel Messi.



