Krimec Falastinga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2019, 15:44
Ertaga, 19 noyabr kuni O'zbekiston hamda Falastin terma jamoalari o'rtasida JCH-2022 saralash uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Ushbu muhim bahs oldindan tarkibimizda yo'qotish bor. Milliy terma jamoamiz himoyachisi Egor Krimec shamollab qolgani tufayli Falastinga qarshi bahsni o'tkazib yuborishga majbur. Bu haqda bosh murabbiy Vadim Abramov o'yinoldin matbuot anjumanida ma'lum qildi.

"Krimec shamollab qoldi va Falastin bilan o'yinni o'tkazib yuboradi. Falastin safida bo'ydor hujumchi borligi tufayli uni ertangi bahsda maydonga tushirishni reja qilgandik" - deydi Abramov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia