Kovachich: "Real"da YCHLni yutdim, ammo "Chelsi"da eng yuqori jismoniy holatimga chiqib oldim"

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 14:13
"Chelsi" yarim himoyachisi Mateo Kovachich Madriddan ko'ra Londonda baxtliroq ekanini aytdi.

"Faoliyatimdagi asosiy muammo - barqarorlik. Madridda men oson bo'lmagan 3 mavsumni o'tkazdim. Bazida maydonga tushdim, ayrim paytlarda zaxirada qoldim. Albatta, "Real"da YCHLni yutdim, ammo "Chelsi"da eng yuqori jismoniy holatimga chiqib oldim. Bu esa eng asosiysi. Bu erga kelishim - faoliyatimdagi eng muhim qadamlardan biri bo'ldi", - dedi Kovachich.

Kovachich ushbu mavsumda jamoasi tarkibida 18 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express