Kovach "Bavariya" futbolchilariga klub bazasida smartfonlardan foydalanishni taqiqladi

Tolibjon Qosimov
16 avg 2018, 06:26
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach klub bazasida telefonlardan foydalanishni taqiqlab qo'ydi.

Ushbu taqiqlov butun baza bo'yicha amalda bo'ladi, kiyinish xonasidan tashqari. Shu bilan birga futbolchilarga ovqatlanish xonasi va massajchi kabinetida ham smartfonlardan foydalanish taqiqlanadi.

"Kiyinish xonasida telefonlardan foydalanish - bu normal holat. Lekin, biz birga tushlik qilganimizda bir-birimiz bilan suhbatlashishimiz kerak, telefon o'ynab o'tirishimiz emas. O'yinchilar o'zaro suhbatlashishlarini xohlayman.

Bu massaj kabinetiga ham tegishli. Futbolchi u yerda telefonga chalg'imasligi kerak. Shuningdek, radiaciya ham organizmga ijobiy ta’sir ko'rsatmaydi", - deya o'zining taqiqini tushuntirdi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: bild.de