Koutino APLga qaytishni xohlamoqda. Futbolchi uchun "Nyukasl", "Tottenxem" va "Everton" klublari raqobatlashmoqda

Alisher
11 iyun 2020, 12:10
Ijara asosida "Bavariya"da o'ynayotgan "Barselona" futbolchisi Filippe Koutino mavsum yakunlangandan so'ng APLga qaytishni xohlamoqda.

27 yoshli braziliyalik futbolchiga "Tottenxem", "Nyukasl" va "Everton" klublari qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, futbolchiga bosh da'vogar tez orada saudiyaliklar qo'liga o'tadigan "Nyukasl" klubi bo'lib turibdi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: francefootball.fr