Kostakurta: Italiya termasi yangi murabbiyning nomi 20 may kuni aniq bo'ladi

25 mar 2018, 01:49
Italiya futbol federatsiyasining vice-komissari Alessandro Kostakurtaning xabar berishicha, mamlakat bosh jamoasi bosh murabbiyning nomi 20 may kuni e'lon qilinadi.

Ayni paytda bu lavozimda vaqtincha Luiji Di Byajo ishlab turibdi.

“Yangi murabbiy nomini 20 may kuni e'lon qilamiz. Di Byajodan yaxshiroq nomzod topsak, uni ommaga ma'lum qilamiz. Nomzodlar ko'p deb ayta olmayman. Di Byajo yildan yilga murabbiylik darajasini oshirmoqda. U yangi bosh murabbiy shtabiga kiritiladi yoki uning o'zi ham bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin. U juda iqtidordi. Men uni diqqat bilan kuzatib borayapman. Federatsiya vakillari ham vaziyatni xuddi men kabi kuzatib borishmoqda”, deya Kostakurtaning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia