Kopa Amerika-2019. Musobaqaning eng yaxshi o'yinchilari aniqlandi

8 iyul 2019, 07:16
Braziliya Kopa Amerika-2019 finalida Peruni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni Alisson bo'ldi. Futbolchi finalga qadar bitta ham gol o'tkazmadi. Uning quruq o'yinlar ceriyasi 889 daqiqani tashkil etdi. Alisson Paolo Gerreroga qadar (Peru vakili penaltidan Alisson qo'riqlagan darvozaga gol urdi) so'nggi bor 4 may kuni “Nyukasl” bilan bahsda gol o'tkazgandi.

Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi esa 36 yoshli Dani Alves bo'ldi. U 6 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

“Gremio” a'zosi Everton bo'lsa, musobaqaning eng yaxshi to'purari bo'ldi. U 6 ta o'yinda 3 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/Copa America