Kontening transfer nishonlari aniq

Sherzod Nurmatov
2 noya 2021, 21:00
"Tottenxem" yangi ustozi Antonio Konte rahbariyatga jamoada qaysi futbolchilarni ko'rmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga qaraganda, italiyalik mutaxassis 4 kishiga ko'z tikkan.

Gap himoyachilar Stefan de Vrey ("Inter"), Manuel Ladzari ("Lacio"), xavbek Frank Kesse ("Milan") va forvard Dushan Vlaxovich ("Fiorentina") haqida bormoqda.

Oldinroq "Tottenxem" Kontega transferlar uchun 100 million evrodan ko'proq ajratishi haqida aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport