Konte "Inter" futbolchisini nishonga oldi

Alisher
6 noya 2022, 10:20
"Inter" himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Uning xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda.

Himoyachini taklif etish tashabbusi bilan "shporlar" ustozi Antonio Konte chiqmoqda. Yanvardagi transfer oynasida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan bitim 40 mln evroga baholanmoqda.

Dyumfris joriy mavsum "neradzurrilar" tarkibida 17ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist qayd etdi. 26 yoshli o'yinchining "Inter" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercatoweb