Konor Makgregor Krishtianuning yig'laganiga munosabat bildirdi

Omonjon To`xtamirzayev
3 iyul 2024
Makgregor Ronalduning Sloveniyaga qarshi uchrashuv vaqtidagi ko'z yoshlariga munosabat bildirdi.

UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor Sloveniyaga qarshi o'yin vaqtida (0:0, 3:0 penaltilar seriyasida) ko'z yoshlarini tiyib tura olmagan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo'llab-quvvatladi.

"O'z mamlakatiga chinakam sadoqat! Krishtianu, sen er yuzini yanada ko'rkamroq qilgan buyuk futbolchisan! Yaratganning o'zi seni panohida asrasin! O'tmish - bu shon-shuhrat! Bugungi kun esa - tarixdir".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia