Konoplyanka APLga yo'l olishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
5 mar 2016, 21:00
Sevilya futbolchisi Evgeniy Konoplyanka Angliya klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga qaraganda, yaqin orada ukrainalik futbolchining Angliya klubi bilan olib borayotgan muzokaralari yakunlanadi va u kelasi mavsumdan boshlab ingliz jamoalaridan birida o'ynaydi.

Avvalroq esa, "Sevilya" rahbariyati futbolchining ko'rsatayotgan o'yinlaridan mamnun ekanligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fichajes.net