

Igor Sergeev harakat qilayotgan Qozog'istonning “Tobol” jamoasi safarda Bosniya va Gertsegovina vakili “Zrinski Mostar”ga qarshi to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi.
Ma'lumot o'rnida, ushbu ikki jamoa 2010 yil Yevropa Ligasi saralashida o'zaro to'qnash kelgan va o'shanda bosniyaliklar ikkala o'yinda ham 2:1 hisoblarida zafar quchishgandi.



