Konfederatsiyalar kubogi. Portugaliya va Meksika o'rtasidagi o'yinni osiyolik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2017, 07:32
FIFA Konfederatsiyalar kubogining uchinchi o'rini uchun bahsda Portugaliya va Meksika o'rtasidagi o'yinda ishlaydigan hakamlar nomini e'lon qildi.

Bahsni Fahad Al-Mirdasi boshchiligidagi saudiya arabistonilik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

Portugaliya – Meksika uchrashuvi 2 iyul kuni Moskvadagi Spartak Arena stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17.00da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com