Klopp: "Xummelsni ko'p jamoalar o'z safida ko'rishni istaydi""

Tolibjon Qosimov
18 okt 2013, 17:16
"Borussiya" bosh murabbiyi Yurgen Klopp, klub Mats Xummels transferi borasida "Barselona" bilan kelishib olganini inkor etdi.
"Mish-mishlarga ko'p ham e'tibor bermayman. Bu odatiy holat. Bunday gap-so'zlar bizning rivojlanish tomon qadam bosayotganimizga yana bir isbot bo'lib xizmat qiladi. Menimcha, juda ko'p klublar Xummelsni o'z safida ko'rishni istagan bo'lardi. Buni tushunsa bo'ladi. Muammo bunda emas. Shunchaki, biz allaqachon "Barsa" bilan aniq bir narxga kelishib olganimiz haqida o'qish yoqimsiz. Chunki bu haqiqatdan yiroq ma'lumot", dedi Klopp.  

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru