Klopp: "Real" YCHLda qanday qilib yutishni biladi"

Mirjalol Normatov
6 apr 2021, 00:31
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp YCHL doirasida "Real"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Barcha "Real"ni asosiy favorit deb hisoblaydi. Ammo bu borada hech qanday muammo yo'q. Jamoamiz shunday o'yinlar uchun yaralgan. Butun dunyoga qanday kuchda ekanligimizni ko'rsatish niyatim yo'q. Shunchaki, muxlislarga kurasha olishimizni namoyish qilmoqchimiz. Iloji boricha barcha sovrinlarni yutishga harakat qilamiz.

Ertaga ajoyib holatda bo'lgan "Real"ga qarshi o'ynaymiz. Bu jamoa YCHLda qay tariqa g'alaba qozonishni yaxshi biladi", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal