Klopp: "Mxitaryan jahon darajasidagi futbolchi"

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2017, 18:14
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Yunayted"ga qarshi bahsdan oldin raqib yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan haqida fikr bildirdi.

Nemis mutaxassis 2013-2015 yillarda Dortmundning "Borussiya"sida futbolchi bilan birga ishlagan.

"Mxitaryanda ajoyib texnika va katta temp bor. U hujumlarni yaxshi yakunlaydi va turli poziciyalarda o'ynay oladi. Bunday futbolchilar kamdan-kam uchraydi. Genrix shubhasiz jahon darajasidagi o'yinchi.

"Manchester Yunayted" va Mxitaryan bir-biriga ko'nikishdi. Oktyabrda Mxitaryan yaxshi formada bo'lmaganmi yoki u tarkibdan chetlatilganmidi, bilmayman, ammo bu futbolda odatiy holat. Endi mankunianlar jamoa manfaati yo'lida uning qobiliyatlaridan foydalanishlari mumkin" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com