Klopp Diasning hisobga olinmagan goli haqida: "Chiziqni noto'g'ri chizishdi"

Aslanov Jasurbek
1 okt 2023, 01:13
Yurgen Klopp ofsayd chizig'idagi xatolik haqida gapirdi.

"Liverpul" "Tottenxem"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Birinchi bo'limda shubhali ofsayd tufayli Luis Diasning goli hisobga olinmadi.

Angliya futbolida hakamlikka javob beruvchi PGMOL tashkiloti o'sha vaziyatda ofsayd yo'qligini ma'lum qildi.

"Bu ofsayd emas, yaxshilab qarash kerak. Ular chiziqni noto'g'ri chizishdi.

Buni qabul qilish og'ir" - deydi Klopp.

Ushbu bahsda Saymon Xuper boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC