Klaudio Ranerining tanqidi qimmatga tushdi

Khoja
4 mar 2025, 10:20
UEFA Roma bosh murabbiyi Klaudio Ranerini hakamlarni tanqid qilgani uchun jarimaga tortdi.

Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.

Bu Portu bilan Yevropa ligasining birinchi pley-off o'yinidan (1:1) keyin sodir bo'ldi. Uchrashuvni Tobias Stiler boshqarib borgandi.

O'yindan so'ng rimliklar bosh murabbiyi Stiler raqibga g'alaba keltirishi mumkin edi deb fikr bildirgan.

Natijada Raneri 20 ming evro jarima oldi. Shuningdek, Roma jamoaning nomaqbul harakati uchun qo'shimcha 11 ming evro jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Football Italia