Klaudio Raneri Fransiya jamoasini boshqarishi mumkin
Tolibjon Qosimov
10 iyun 2017, 19:43
"Lester"ning sobiq bosh murabbiyi Klaudio Raneri faoliyatini Liga 1da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda "RMC" xabar berdi. Ortda qolgan mavsumni Fransiya chempionatining ettinchi pog'onasida yakunlagan "Nant" italiyalik mutaxassisni taklif etish variantlarini ko'rib chiqmoqda.