Klaudio Raneri: Falkao mening taktik sxemalarimga juda mos tushadigan futbolchi

Tolibjon Qosimov
14 avg 2013, 16:54
"Monako" bosh murabbiyi Klaudio Raneri Radamel Falkaoning ijobiy sifatlari haqida gapirib o'tdi.
"Yozgi transfer vaqtida amalga oshirgan haridlarimiz o'zini oqlayapti. Ularning barchasi jamoaga tez moslashib ketishmoqda. Falkao, Karvalo, Rodriges Moutino va Abidal... ularning barchasi jamoaga moslashib ketishdi. Avvaliga oson bo'lmadi. Biroq bu ish uddalandi".

"Falkao "Bordo"ga qarshi o'yinda hujumdan tashqari, himoyada ham jamoaga yordam berdi".

"Har bir futbolchi hujum qilish bilan bir qatorda himoyalanishni ham bilishi kerak. Falkao maydonda hamma ishni amalga oshira oladi. U mening taktik sxemalarimga juda mos kelyapti. "Bordo"ga qarshi o'yinda pressing aynan uning to'p uchun kurashishlaridan boshlandi. Uning jamoaga juda ko'p yordami tegadi", dedi Raneri.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru