Klaudio Markizio: "Ispaniyaga qarshi o'yinda bor kuch bilan o'ynash kerak"
Tolibjon Qosimov
6 mar 2014, 11:38
Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Klaudio Markizio Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Ispaniya terma jamoasi o'z akademiyalari evaziga kuchli, Alkantara kabi futbolchilar har yili yetishib chiqadi. Bunday terma jamoalarga qarshi o'yinlarda bor kuchingiz bilan o'ynashingiz kerak", - deydi Markizio Football Italia nashriga.