Kivu "Inter" bilan shartnomani uzaytirishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 noya 2013, 16:30
"Inter" himoyachisi Kristian Kivu klub bilan yanvarda yangi shartnomaga imzo chekishi mumkin.
Ruminiyalik futbolchining agenti Viktor Bekalining xabar berishicha, "nerazzurilar" rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma tuzish haqida o'ylashyapti.

Ushbu mavsumda 33 yoshli himoyachi hali birorta o'yinda ham maydonga tushmagan.

 Kivu avgustda o'ng oyog'ini to'rtinchi bora operaciya qildirdi va to'rt oyga safdan chiqdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru