

"Omad bugun biz tomonda bo'ldi. Endi bor e'tiborimiz ertangi o'yinga qaratiladi. Yaponiya ustidan qozonilgan g'alaba esa tarixga aylanib bo'ldi.
Avstraliya kuchli jamoa. Jismoniy tomonlama ham, taktik tomonlama ham ular kuchli tayyorgarlikka ega. Tartibli o'yin namoyish etishadi. Ertaga ularning darvozasi tomon ham yo'l topishga urinib ko'ramiz", - deydi Ermolov.




