Kimmix “Bavariya”da o'ng qanotda o'ynasa...

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2017, 03:46
“Xoffenxaym” va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Sandro Vagner terma jamoadagi sherigi Yozua Kimmixni olqishladi.

Vagner San-Marinoga qarshi (7:0) bahsda xet-trikka erishdi. Uning ikkita goliga Kimmix assistentlik qildi.

“Agar keyingi yili Kimmix “Bavariya”ning o'ng qanotida o'ynaydigan bo'lsa, Levandovski xursand bo'laversin. Yozuaning to'p uzatishlaridan keyin Robert yangi mavsumda o'tgan mavsumdagidan kamida 10 ta ko'p gol uradi”, deydi Vagner.

Joriy mavsumda Levandovski Bundesliganing 33 ta uchrashuvida 30 bor raqib darvozasini ishg'ol etdi.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bayern & Germany‏