

Bugungi bahs oldidan qiziqarli bir jihatni keltirib o'tmoqchimiz. Shu kunga qadar bu jamoalarning "Kamp Nou"da o'tkazgan qarama-qarshiliklarida Messi 10ta gol urgan, Krishtianu Ronaldu esa 11ta to'p kiritgan.

Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida o'tkazilgan bellashuvlarda esa Messi 14 bor gol urishning uddasidan chiqqan bo'lsa, Ronaldu 5 bor kataloniyaliklarni ranjitgan. Bugun "Bernabeu"da Krishti maydonga tusha olmaydi, o'z-o'zidan argentinalikda yuqoridagi statistikani yaxshilab olish imkoniyati bor.




