Kim chempion? "Man Siti" yoki "Arsenal"? "Liverpul" to'rttalikka ham kirmaydi?

Tolibjon Qosimov
28 avg 2024, 12:34
Angliya Premer ligasida allaqachon 2 ta tur bellashuvlari ortda qoldi.

31 avgust kuni 3-turga start beriladi.

"Sky Sports" ekspertlari Jeymi Karrager va Gari Nevill yangi mavsumga o'z taxminlarini bildirishdi. Jeymi Gvardiola jamoasi chempion bo'lishini taxmin qilgan bo'lsa, Gari Arteta jamoasiga ko'proq ishonmoqda. Ekspertlarning birinchisi MYUni, ikkinchisi esa "Liverpul"ni to'rttalikka ham kirmaydi deb hisoblagan. Ma'lumot uchun, Karrager "Liverpul"da, Nevill esa MYUda uzoq yillar to'p tepgan.

APLda kim chempion bo'ladi?

J.Karrager: "Manchester Siti"

G.Nevill: "Arsenal"

Kim 2,3 va 4-o'rin bo'ladi?

J.Karrager: "Arsenal", "Liverpul", "Tottenxem"

G.Nevill: "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi"

Kim 5 va 6-o'rin bo'ladi?

J.Karrager: "Manchester Yunayted", "Aston Villa"

G.Nevill: "Liverpul", "Tottenxem"

Konferenciyalar ligasiga da'vogar?

J.Karrager: "Vest Xem"

G.Nevill: "Nyukasl"

Kimlar Chempionshipga tushib ketadi?

J.Karrager: "Sautgempton", "Lester", "Nottingem Forest"

G.Nevill: "Sautgempton", "Ipsvich Taun", "Lester"

Kim to'purar bo'ladi?

J.Karrager: Erling Xoland

G.Nevill: Erling Xoland

Foydali transfer?

J.Karrager: Pedro Netu ("Chelsi")

G.Nevill: Dominik Solanke ("Tottenxem")

Mavsum davomida kuzatish kerak bo'lgan o'yinchi?

J.Karrager: Yankuba Minte ("Brayton")

G.Nevill: Yurrien Timber ("Arsenal")

Mavsum davomida kuzatish kerak bo'lgan murabbiy?

J.Karrager: Arne Slot ("Liverpul")

G.Nevill: Erik ten Xag (MYU), Arne Slot ("Liverpul") va Enco Mareska ("Chelsi")


Eslatib o'tamiz, APL 2 turidan keyin "Manchester Siti", "Arsenal", "Brayton" va "Liverpul" jamoalari 6 ochkodan jamg'arib peshqadamlik qilishmoqda. 3-turda muxlislar ingliz futbolidagi eng katta derbiga guvoh bo'lishadi. "Old Trafford"da MYU jamoasi "Liverpul"ni mehmon qiladi. Ushbu uchrashuv 1 sentyabr kuni (20:00)ga belgilangan.

Angliya Premer ligasi turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> APL

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia