Kicker: Shvaynshtayger Evro-2016ning 1-turini o'tkazib yuboradi

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2016, 15:05
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger Evro-2016 dastlabki turida maydonga tusha olmaydi.

"Manchester Yunayted" 31 may kuni umumiy guruhga qo'shildi. Shvaynshtayger va Xummels 4 iyun kuni Vengriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib yuboradi.

"Shvayni jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazmoqda. Uning jismoniy holati juda yaxshi holatda. Ammo hali maydonga tushishi uchun ishlashi kerak", - deydi Yoaxim Levning yordamchisi Markus Zorg.

"Shvaynshtaygerning holatini har kuni nazorat qilib borayapmiz. Albatta biz Vengriyaga qarshi o'yinni unutganimiz yo'q. Eng asosiy maqsadimiz Ukrainaga qarshi o'yingacha barchani tayyor holatga keltirish", - deydi Zorg.

Eslatib o'tamiz, Ukraina - Germaniya o'yini 12 iyun kuni Lill shahrida bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 23:55da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kicker.de