Kichik Hasanov “Lokomotiv” bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2016, 13:36
Jasur Hasanov “Lokomotiv”ni tark etdi.

Iqtidorli futbolchilardan biri kichik Jasur Hasanov kecha jamoamiz bilan xayrlashdi. Bunga qadar 16-raqamda to'p surib kelgan yarim himoyachi yangi mavsumga tayyorgarlikni “Lokomotiv”da olib bordi. U Dubayda tashkil etilgan har ikki yig'inda ham ishtirok etgandi.

Biroq keyinchalik futbolchi o'z xohishiga ko'ra klubdan ketishga qaror qildi. Bunda u “Lokomotiv” murabbiylari bilan kelishib ish ko'rdi. Biz Jasur Hasanovga “temiryo'lchilar” bilan hamkorligi uchun minnatdorchilik bildiramiz va uning keyingi faoliyatida omad tilaymiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz