

PCFLning Toshkent shahridagi saralashida birinchi va to'rtinchi o'rinni egallagan o'yinchilar Ilzat Majidov va Farruh Haydarov Olmaliq shahri jamoasi a'zosiga aylanishdi.

Ushbu ikki kiberfutbolchi Toshkentda o'tadigan PCFL grand-finalida ishtirok etadi. "Olmaliq" klubi Majidovga 88, Haydarovga esa 77-raqamli futbolkalarni topshirdi.





