Keyn "Tottenxem" bu yozda uni sotishiga ishonmoqda. Tranfsyerdan tushgan mablag' klub uchun sarflanadi

Aslanov Jasurbek
25 iyul 2021, 01:55
Xarri Keyn "Tottenxem"dan ketishi mumkin.

Anliyalik futbolchining fikricha, klub uni shu yozda, boshqa klubga sotadi.

"Tottenxem" prezidenti Keynni 150 mln funtga baholamoqda. Xarri Keynning o'zi esa klubga ketishni istayotganini ma'lum qilgan. Futbolchi sovrinlar yutish maqsadida "Manchester Siti"ni tanlagan. 

Keynning fikricha, boshida "Tottenxem" futbolchini sotmasligini bildirgandi. Ammo, oxirgi haftalarda klubning rejalari o'zgargan. "Tottenxem" Xarri Keynni sotib, tushgan pullarni klub uchun sarflamoqchi.

Oldinroq, Keyn "Manchester Siti"ga o'tish uchun "Tottenxem" mashg'ulotlarida qatnashmayotganligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times