Keyn: "Mourinyo hamda Pochettino bilan ishlaganim - juda katta omad"

Mirjalol Normatov
21 may 2021, 23:35
"Tottenxem" forvardi Xarri Keyn ushbu mavsum o'rtasida jamoadan ketgan Joze Mourinyo haqida gapirdi.

- Pochettino iste'foga chiqarilganidan keyin klub og'ir ahvolda qolgandi. Bunday paytda yangi bosh murabbiy o'z vazifasini bajarishi juda qiyin bo'ladi.

Joze bilan ilk daqiqalardanoq yaxshi munosabatga kirishdik. Bir-birimizni yaxshi tushuna boshladik. Fikrimizni tez anglayotgandik. Ha, sovrinlar qo'lga kirita olmaganimiz achinarli. Ammo Pochettino hamda Mourinyo kabi murabbiylar bilan ishlaganim juda katta omad, - dedi Keyn.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal